Jamiyat | 14:36 / 07.01.2016
5259
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentlik ayol unga boshpana bergan dugonasining taqinchoqlarini va pullarini o‘g‘irlab ketdi

Toshkentlik ayol unga boshpana bergan dugonasining taqinchoqlarini va pullarini o‘g‘irlab ketdi, deb xabar beradi “Na postu” nashri.

Aytilishicha, Iroda ismli ayol qizining to‘yi arafasida turganida pul yetishmovchiligi tufayli eri bilan janjallashib qolgan va uyini tark etgan. Dugonasi Nargiza unga bir necha kunga uyidan joy bergan.

Iroda kuni bilan dugonasining uyida o‘tirib, tanishlariga qo‘ng‘iroq qilar va qarz so‘rardi, ammo uning sa'y-harakatlari natijasiz ketgan. Bir kuni u Nargizaning uyida zaxira pullar va taqinchoqlar turadigan qutichani ko‘rib qolgan. Iroda vaziyatdan foydalanib, u yerdagi zargarlik buyumlarini va 500 dollarni o‘g‘irlagan. Ishdan qaytib kelgan Nargizaga qarz beruvchi topganini aytib, uyiga yo‘l olgan.

Bir muddatdan so‘ng pullari va taqinchoqlari yo‘qolganini payqagan Nargiza dugonasining qilmishini tushungan va tegishli idoralarga murojaat qilgan.
O‘g‘ri tez orada qo‘lga olingan.