Toşkentlik ayol unga boşpana bergan dugonasining taqinçoqlarini va pullarini öğirlab ketdi, deb xabar beradi “Na postu” naşri.

Aytilişiça, Iroda ismli ayol qizining töyi arafasida turganida pul yetişmovçiligi tufayli eri bilan janjallaşib qolgan va uyini tark etgan. Dugonasi Nargiza unga bir neça kunga uyidan joy bergan.

Iroda kuni bilan dugonasining uyida ötirib, tanişlariga qönğiroq qilar va qarz sörardi, ammo uning sa'y-harakatlari natijasiz ketgan. Bir kuni u Nargizaning uyida zaxira pullar va taqinçoqlar turadigan qutiçani körib qolgan. Iroda vaziyatdan foydalanib, u yerdagi zargarlik buyumlarini va 500 dollarni öğirlagan. Işdan qaytib kelgan Nargizaga qarz beruvçi topganini aytib, uyiga yöl olgan.

Bir muddatdan söng pullari va taqinçoqlari yöqolganini payqagan Nargiza dugonasining qilmişini tuşungan va tegişli idoralarga murojaat qilgan.
Öğri tez orada qölga olingan.