Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barak Obama hech qachon shaxsiy quroli bo‘lmaganini aytdi
AQSh prezidenti Barak Obama hech qachon shaxsiy qurolga ega bo‘lmaganini tan oldi. Bu haqda u CNN telekanali orqali aholi bilan uyushtirgan suhbati chog‘ida aytib o‘tdi.
“Hech qachon shaxsiy qurolim bo‘lmagan”, - dedi u fuqarolardan birining savoliga javoban.
Shu bilan birga, u shahar chetidagi Kemp-Devid qarorgohida stend otishmasi uskunalari borligini va ba'zan undan foydalanishini ta'kidlab o‘tdi.
“Lekin bu bilan yaxshi merganman demoqchi emasman”, - qo‘shimcha qildi AQSh yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, Barak Obama qurol-yarog‘ savdosini nazorat qilish va tartibini qat'iylashtirish bo‘yicha kampaniyani davom ettirmoqda.
Shu haftada Obama barcha qurol xaridorlarini, ular qurolni ko‘rgazmalarda va internet orqali sotib olsa ham, tekshirish haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, prezident faqat o‘z xo‘jayinining qo‘lida turgandagina otadigan “aqlli” qurol ishlab chiqarishni taklif qildi.