Jahon | 07:44 / 08.01.2016
5023
2 daqiqa o‘qiladi

Chikagolik erkak yo‘ldan tozalanmagan muz muammosiga e'tiborni qaratish maqsadida muzdan uycha yasadi

AQShning Chikago shahridagi asosiy yo‘llarda joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi erkak yo‘ldan olib tashlanmagan muzlardan iglu (muzdan yasalgan uycha) yasadi, deb xabar bermoqda Red Eye Chicago nashri.

58 yoshli Devid Sadlerning aytishicha, u yo‘llardan qor va muzni tozalamagan qor va muzni tozalovchi mahalliy kompaniyalar e'tiborini jalb qilish uchun igluni yo‘lning o‘rtasida qurishga qaror qilgan.

Sadlerning ta'kidlashicha, u bu ishi bilan piyodalarni muzda sirpanib, shikastlanishdan himoyalashdan tashqari, atrofdagilarni hayratlantirmoqchi bo‘lgan. Erkak uychani bir necha kun davomida tunlari bilan yasagan.

“Menga odamlar “Ajabo, bu qanday yuz berdi? Bu qayerdan paydo bo‘ldi?”, deb hayratlanib gapiradigan ishlarni qilish yoqadi”, deb aytdi Sadler.

Igluning ilk fotosuratlari internetda paydo bo‘lganda odamlar bu uychani uyi yo‘q, boshpanasiz kimsa yasagan degan xulosaga kelishgan.