Texnologiya | 17:40 / 08.01.2016
4567
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai kompaniyasi Toyota Priusning raqobatchisini ishlab chiqardi

Hyundai kompaniyasi Toyota Prius’ning raqobatchisini bo‘lishi kutilayotgan Ioniq gibridining dastlabki rasmiy tasvirlarini ommalashtirdi. Modelning birinchi namoyishi Koreyaning Namyang shahridagi tadqiqotlar va yangi ishlanmalar bo‘limida o‘tkazildi, ammo avtomobilning Yevropa versiyasi ommaviy ravishda Jyenevada mart oyida o‘tadigan motorshouda ko‘rsatiladi.

Gibrid yangi platforma asosiga qurilgan bo‘lib, u hali kompaniyaning boshqa biror modelida qo‘llanilmagan. Shassi po‘latdan, kapot, yukxona qopqog‘i va ayrim detallar alyuminiydan yasalgan bo‘lib, bu mashinaga 12.6 kg “vazn tashlash”ga yordam berdi.

Ioniq kuch qurilmasi tarkibiga 1.6 l li 105 ot kuchiga ega benzinli motor, shuningdek, 43.5 ot kuchiga ega elektr dvigatel va litiy-ionli akkumulyatorlar komplekti bilan jihozlangan. Kuch qurilmasi 6 diapazonli robotlashtirilgan transmissiya bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Ioniq uch modifikatsiyada chiqariladi. Ulardan birinchisi (benzinli va elektrik versiya) Namyangda namoyish qilindi, butunlay elektrik asosga qurilgan variant hali ommaga ma'lum qilinmadi. Nihoyat, uchinchi versiyada ichki yonish dvigateli kuch qurilmasi batareyalarini harakat chog‘ida quvvatlantiruvchi generator vazifasini bajaradi.