Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Iroqda IShID qo‘mondonlaridan biri jiddiy jarohatlandi
Iroqning Anbar viloyatida amalga oshirilgan aviazarbalar natijasida IShIDning yirik harbiy qo‘mondonlaridan biri bo‘lmish Abu Muhammad al-Adnaniy jiddiy jarohat olgan.
"Bu ma'lumot tasdiqlangan. Anbar viloyatining Barvana tumanida o‘tkazilgan havo amaliyoti vaqtida IShID qo‘mondonlaridan biri, tashkilotning rasmiy vakili Abu Muhammad al-Adnaniy jarohatlangan", deya iroqlik harbiyning so‘zidan iqtibos keltiradi Reyter agentligi.
Bundan oldinroq, ekspertlar Parijda sodir etilgan teraktlar tashkilotchisi, Sen-Denidagi amaliyot vaqtida o‘ldirilgan shaxs Abdulhamid Abaud emas, Abu Muhammad al-Adnaniy bo‘lgani haqida taxminlar bildirishgandi.
Buyuk Britaniyaning Sunday Times nashrida yozilishicha, u Iroqdagi urushda AQShga qarshi jang qilgan va xalqaro miqyosdagi terrorchilar ro‘yxatida qayd etilgan. Abu Muhammad al-Adnaniy Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Belgiyadagi terrorchi guruhlar faoliyatiga javobgar shaxs hisoblanishi aytilgan.