Jamiyat | 11:23 / 08.01.2016
4977
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shveytsariya va Avstriyada ham ayollarga hujumlar uyushtirildi

Yangi yil kechasi ayollarga hujumlar faqatgina Germaniyaning Kyolnida emas, balki Avstriya va Shveytsariyada ham sodir bo‘ldi. Bu haqda Der Standart nashri yozmoqda.

Kyolndagi voqealar matbuot diqqatida ekan, Zaltsburgda ham bir qancha ayollar politsiyaga murojaat qilishgan. Tsyurixda politsiyaga zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan 12 nafar ayol murojaat qilgan. Ularning bari “qora tanli erkaklar”ning hujumi va zo‘rligi qurboni bo‘lganini aytmoqda.

Gamburg shahrida 70 nafar ayol hujumga duchor bo‘lgan, ularning 23 nafari yonidagi pullari va qimmatliklaridan ayrilgan. Jinsiy zo‘ravonlik va talonchilik holatlari Shtutgart, Dyusseldorf, Myunxen, Frankfurt shaharlarida qayd qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish