Jahon | 18:43 / 08.01.2016
4029
1 daqiqa o‘qiladi

Politsiya Kyolndagi zo‘ravonliklarda gumondor 32 kishining shaxsini aniqladi

Politsiya Kyolndagi zo‘ravonliklarda gumondor 32 kishining shaxsini aniqladi, deb xabar beradi Zeit. Bu haqda Germaniya IIVning rasmiy vakili bayonot berdi.

Politsiya ma'lumotlariga qaraganda, hujumlarni uyushtirganlar ichida Jazoir, Marokash, Suriya fuqarolari, shuningdek, ikki germaniyalik bo‘lgan. Ularga talonchilik va zo‘ravonlik ishlatish aybi qo‘yilmoqda.

Gumondorlarning 29 nafari Germaniyada yashash ruxsatnomasiga ega ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish