Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangilangan Ford Mondeo fotosuratlari paydo bo‘ldi
Motor1.com sayti ixtiyoriga kamuflyajsiz suratga olingan yangilangan Ford Fusion sedanining suratlari kelib tushdi. Modelning Yevropadagi versiyasi Mondeo deb atalib, uning yangilangan versiyasi Detroydagi motorshou doirasida 11 yanvarda ilk bor namoyish qilinishi kerak.
Suratlarga ko‘ra, Fusion’ning radiator panjarasi, bosh yorug‘lik faralari va oldi bamperi o‘zgaradi. Old bamperdagi havo to‘plagichlarning shakli o‘zgacha ko‘rinish oladi. Kuzovning orqa qismida bamper va chiroqlar ham o‘zgaradi hamda qo‘shimcha xromlangan elementlar paydo bo‘ladi.
Avtomobil salonida Blackberry kompaniyasining QNX operatsion tizimi negizida ishlovchi yangi SYNC 3 multimedia majmuasi paydo bo‘ladi. “Ford” tizimning interfeysi, sensor ekranga bosishga javob berishni yaxshilaydi, ovozli boshqaruv funksiyasini to‘liq yangilaydi.
Suratlarda avtomobilning chiqarish tizimining 4 ta patrubkasi va orqa spoylerga ega Sport versiyasi tasvirlangan. Avtomobilning bunday varianti EcoBoost dvigatellar oilasiga tegishli 2,7 litrli, 6 silindrli, 315 ot kuchiga erisha oladigan dvigatel bilan jihozlanadi.
Shuningdek, avtomobilning motorlar oilasiga 1,5 va 2,0 litrli, 4 silindrli, 181 va 240 ot kuchiga ega hamda 6 pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlovchi dvigatellar kiradi. Bundan tashqari, AQShga avtomobilning 141 ot kuchiga ega, 2litrli benzin motori va variator negizidagi gibridli modifikatsiyasi ham chiqariladi.