O‘zbekiston | 16:08 / 09.01.2016
4523
4 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

2016 yil 8 yanvar kuni soat  1000da Jizzax viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi “Ayollar qanoti” tomonidan «Vatan himoyachilari-millat g‘ururi»  mavzuidagi bayram  tadbiri  o‘tkazildi.

Unda O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi xodimlari, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va OAV yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Akmal Binokulov olib bordi.

Dastlab, Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi “Ayollar qanoti” yetakchi mutaxassisi Shapoat Musayeva yig‘ilganlarga partiyaning maqsad va vazifalari xususida batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Jizzax viloyati O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiyasiya rahbari Nozima Tugalova harbiylarni bayram bilan tabriklab  ishtirokchilarga ma'ruza o‘qidi.

Bugun yoshlarimiz o‘rtasida sharafli va faxrli  kasb-harbiylikka qiziqish ortib bormoqda. Ayniqsa, ofitser bo‘lib, vatan himoyasidek ezgu ishda  fidoyi farzand bo‘lish, yashamoqlik niyat qilgan sog‘lom, fikrli yoshlarimiz kun sayin ortib bormoqda. Azal-azaldan har qaysi ota –ona o‘z bolasinining sog‘lom va barkamol, aql zakovatli, baxtli bo‘lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o‘rin egallashiga  erishish, ota-onaning eng ulug‘, eng muqaddas orzusidir.

Yurtimiz xavfsizligi va barqarorligini, uning hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz dahlsizligini, aholimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish mamlakatimiz Qurolli Kuchlari zimmasiga yuklatilgan.

Xarbiy xizmatga tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash hamda zamonaviy talablar darajasida yo‘lga qo‘yilishiga erishish, harbiy xizmat nufuzini, Vatan himoyachisining obro‘-etiborini oshirish, armiya tashkil etishda kontrakt asosidagi usulning munosib o‘rnini ta'minlash, chaqiruv komissiyalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlashning qonunchilik asoslarini yaratish va takomillashtirishni hayotni o‘zi taqazo etganini alohida ta'kidlandi.

Bayram dasturi yuqori darajadagi bayramona kayfiyat bilan boshlandi va bu ko‘tarinkilik bayram so‘ngigacha davom etdi. Bayramni yanada qizg‘in va yuqori saviyada o‘tishida Jizzax viloyat madaniyat va  sa'at boshqarmasining  ham hissasi katta bo‘ldi. Hushovoz san'atkorlarning ijrosi  barchaga  manzur bo‘ldi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarning bir guruhiga O‘zMTDP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti  Kengashi tomonidan ta'sis etilgan  sovg‘alar bilan berildi.

Shuningdek, o‘z vazifasini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilasidan xabar olinib, ularga O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish