O‘zbekiston | 14:14 / 09.01.2016
6254
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zgidromet: 2015 yil Toshkent uchun eng issiq yil bo‘lmadi

Toshkent uchun 2015 yil meteokuzatuvlarda eng issig‘i bo‘lmadi, u 2004 rekord yildan biroz ortda qolmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Markazi bosh sinoptigi Irina Zaytseva ma'lumot berdi.

“O‘rtacha yillik harorat 2015 yilda 15.8 darajani tashkil qildi, bu 2004 yildan 0.1 darajaga past”, - uning so‘zlarini keltiradi Darakchi.uz. Shuningdek, Zaytseva nega 2016 yil yanvari issiq kelganini tushuntirib berdi.

“Yanvar boshlarida O‘zbekiston hududida 2015 yilning dekabr oyida qayd etilgan yuqori harorat saqlanib qolmoqda, - dedi u. – Bunday iliq havoning sababi – atmosferadan janubiy-g‘arbiy oqimning ustunlik qilayotgani va u bilan chet janub hududlaridan respublika hududiga iliq va nam havoning kirib kelayotganidir”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish