Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning dzyudochi qiz bilan sparringi videosi e'lon qilindi
Kecha, 8 yanvar kuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning dzyudo bo‘yicha terma jamoasi bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgani xabar qilingan edi. Bugun RT telekanali YouTube’dagi kanalida ushbu mashg‘ulotdan videolavha joylashtirdi.
Mashg‘ulot davomida davlat rahbari bir nechta sparring o‘tkazgan. Prezidentga qarshi tatamiga Rossiya termasi murabbiyi Etsio Gamba, shuningdek, 28 yoshli samaralik sportchi qiz Irina Zabludina chiqdilar.
Gamba bilan yiqitishni mashq qilib olgan Putin Zabludina bilan ancha vaqt kurashdi va axiyri undan yengildi.
“Juda o‘jar qiz ekan, - dedi Putin mashg‘ulotdan so‘ng. – Sizni yiqitishim kerakku, deydi! Yopishib oldi”.