Jamiyat | 11:22 / 09.01.2016
15015
4 daqiqa o‘qiladi

Shaxta ustidagi ayanchli hayot

Bokapaxarida minglab insonlar ko‘mir shaxtasining bevosita yonib turgan markazida yashaydi. Ular davlat shaxtasidan o‘g‘rincha ko‘mir yig‘ish oqibatida kuniga 2 dollar topadi. Hukumat ular uchun yangi uylar qurilishiga millionlab pul sarfladi, biroq ular hali ham shu joyda qolishmoqda. 

1. Shaxtyorlar uzoq davom etgan ish kunidan keyin uylariga qaytishmoqda.   

2. Yer tagida ko‘mir olovi mavjud. Yalangoyoq yurganda uning qaynoqligi yanada yaqqolroq seziladi. Lekin, yoriqlardan esa zaharli gazlar ham chiqadi.

3. Bolalar shaxtada ko‘mir qazib chiqarishmoqda. Markaziy hukumat Bokapaxarida yashovchilar uchun 2400 ta yangi uy qurishga 5 mln dollar ajratgan. Biroq aholi 8 mil uzoqlikdagi majmuada yashashsa, shaxtada ishlay olmay, kun kechirishga pul topa olmay qolamiz, deb hisoblashmoqda. 

4. Aholi hammasidan ham 11 futli xona, vanna, oshxonadan tashkil topgan yangi uylarning 6-10 nafardan a'zosi bor oilalar uchun kichiklik qilishi uchun ko‘chishga rozi bo‘lmayapti. 

5. Hukumat iqtisodiy o‘sish, yuz millionlab fuqarolarning yomon hayotiy sharoitini yaxshilashga milliardlab dollar sarflamoqda. Biroq aholining ba'zi qatlamlari bu kabi qulaylik va shart-sharoitlardan foydalanmayapti.

6. Odamlar qishloqlariga ko‘mirli savatlari bilan qaytishadi. “Bharat Coking Coal” vakillari ta'kidlashicha, ko‘mir terish hayot uchun xavflidir. 

7. Bokapaxaridagi ko‘mir teruvchilarning aytishicha, ko‘chirishning asosiy sababi hukumat ularni bundan ham kambag‘al shaxtaga o‘tkazishni xohlayapti.

8. Hukumat amaldorlari esa bunday sharoitda birinchi vazifa xavfsizlik ekanini qat'iy ta'kidlashmoqda.

9. “Jharia va Bokapahari”ga yaqin qishloqlar umumiy hisobda 450 kv/km maydonni egallab ko‘mir basseyni ustida toshbaqa shaklida turibdi. Bu Hindistonning eng yirik ko‘mir zaxirasidir.

10. Bugun Hindistondagi elektroenergiyaning 70 foizdan oshig‘i ko‘mir yoqilg‘isidan olinadi. Hukumat zavodlar va ishlab chiqarishdagi energiya yetishmovchiligini bartaraf etish uchun ko‘mir qazib olish miqyosini kengaytirishga harakat qilayapti.

11. Hind hukumati kutilmaganda yuz bergan falokatlardan keyin xavfli hududlarda yashovchi aholini ko‘chirishga harakat qilayapti. 1996 yilda tumandagi bir necha uylar ikki soat ichida qulab tushgan edi.  

12. 1999 yilda mahalliy va milliy hukumat amaldorlari xavf ostida bo‘lgan hududdagilarni ko‘chirish rejasini ishlab chiqqan edi. 

13. Biroq 2007 yilgacha, ya'ni birinchi yashash majmuasi qurilishi boshlanmagunicha hech nima o‘zgargani yo‘q. Bir yil oldin 2400 ta kvartira tayyor bo‘ldi. Birinchi bo‘lib mavjud besh “ko‘mirchilar qishlog‘i”dan birinchisi ko‘chirilishi rejalashtirilgan. O‘tgan yili federal hukumat 97000 oilani ko‘chirish uchun 2 mlrd dollar ajratdi.  

 14. “Jharia”ni rivojlantirish va tiklash tashkiloti direktori, ko‘chirish rejasi mudiri Ajay Sinxning aytishicha, hind ma'muriyatidagi 15 yillik faoliyatida duch kelgan eng qiyin ish bu aholini ko‘chirishdir.