Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Yevropaga yana 10 mln gacha qochqin kelishi mumkinligini aytdi
Yevropa yanada kattaroq qochqinlar oqimiga duchor bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Germaniya iqtisodiy hamkorlik va iqtisodiyot vaziri Gerd Myuller.
“Bizga Suriya va Iroqda boshlangan qochqinlar oqimining 10 foizigina yetib keldi”, - dedi Myuller Bild am Sonntag nashrida 10 yanvar kuni chop etilgan intervyusida.
Uning ishontirishicha, ayni paytda 8-10 mln qochqin “Yevropaga yo‘l olgan va hali yetib kelmagan”.
“Bugun bizgacha yetib kelganlar yillar davomida chodirlarda, yerto‘la va omborlarda ichimlik suvi va elektr quvvatisiz yashagan. Jahon hamjamiyati ularni ta'minlay olmasligi uyatlidir”, - qo‘shimcha qildi vazir.