Texnologiya | 10:57 / 10.01.2016
4939
2 daqiqa o‘qiladi

LG’ning CES-2016dagi yangiliklari

Las-Vegasda davom etayotgan CES-2016 ko‘rgazmasida LG kompaniyasi bir qator yangi mahsulotlarini namoyish etdi. Quyida ular haqida qisqacha ma'lumot beramiz.

Gram 15 dunyodagi eng yupqa (1.54 sm) va eng yengil (979 gr) 15 dyuym ekranli noutbukdir. Tashqi tomonidan u tillarang MacBook’ka juda o‘xshash.

Gram 15 FullHD-qolip, Intel Core i5 yoki i7 protsessori, USB 3.0, USB Type-C portlari, microSD sloti, Cirrus Logic stereodinamiklari, HDMI-chiqish va 7 soat avtonom ishlaydigan akkumulyator bilan jihozlangan. Uskuna Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi. Noutbuk qachon va qanaqa narxda sotuvga chiqarilishi ma'lum emas.

Yangi 98 dyuymli LG televizori yechimi 4K’nikidan ikki barobar kattaroq bo‘lgan (7680×4320 piksel) 8K qolipiga ega. Televizor HDR, ColorPrime Plus, Tru Black Contro i Ultra Luminance texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi — ularning barchasi tasvir sifatini oshirishga xizmat qiladi. Korpus metalldan yasalgan. Operatsion tizim sifatida webOS 3.9dan foydalaniladi.

LG Signature seriyasining yangi muzlatkichi ikki noyob imkoniyatga ega. Bularning birinchisi Knock-On funksiyasidir: muzlatkich eshigini cholsangiz, ekranda uning ichidagi narsalar ko‘rsatiladi. Ikkinchi xususiyat esa — kimdir muzlatkichga yaqinlashishi bilan uning eshigi avtomatik tarzda ochiladi. Shu bilan birga, bu aqlli uskuna bolalar va uy jonivorlariga eshikni ochib bermaydi.