Las-Vegasda davom etayotgan CES-2016 körgazmasida LG kompaniyasi bir qator yangi mahsulotlarini namoyiş etdi. Quyida ular haqida qisqaça ma'lumot beramiz.

Gram 15 dunyodagi eng yupqa (1.54 sm) va eng yengil (979 gr) 15 dyuym ekranli noutbukdir. Taşqi tomonidan u tillarang MacBook’ka juda öxşaş.

Gram 15 FullHD-qolip, Intel Core i5 yoki i7 protsessori, USB 3.0, USB Type-C portlari, microSD sloti, Cirrus Logic stereodinamiklari, HDMI-çiqiş va 7 soat avtonom işlaydigan akkumulyator bilan jihozlangan. Uskuna Windows 10 operatsion tizimida işlaydi. Noutbuk qaçon va qanaqa narxda sotuvga çiqarilişi ma'lum emas.

Yangi 98 dyuymli LG televizori yeçimi 4K’nikidan ikki barobar kattaroq bölgan (7680×4320 piksel) 8K qolipiga ega. Televizor HDR, ColorPrime Plus, Tru Black Contro i Ultra Luminance texnologiyalarini qöllab-quvvatlaydi — ularning barçasi tasvir sifatini oşirişga xizmat qiladi. Korpus metalldan yasalgan. Operatsion tizim sifatida webOS 3.9dan foydalaniladi.

LG Signature seriyasining yangi muzlatkiçi ikki noyob imkoniyatga ega. Bularning birinçisi Knock-On funksiyasidir: muzlatkiç eşigini çolsangiz, ekranda uning içidagi narsalar körsatiladi. Ikkinçi xususiyat esa — kimdir muzlatkiçga yaqinlaşişi bilan uning eşigi avtomatik tarzda oçiladi. Şu bilan birga, bu aqlli uskuna bolalar va uy jonivorlariga eşikni oçib bermaydi.