Jahon | 20:55 / 10.01.2016
5563
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva-Olmaota reysini bajarayotgan samolyot Atirovda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Air Astana aviakompaniyasining Moskva-Olmaota reysini bajarayotgan samolyoti Atirov aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Olmaota aeroporti ma'muriyatining xabar berishicha, qo‘nish texnik sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan. Atirov viloyat favqulodda xizmatlariga Boeing 757da favqulodda qo‘nish datchigining ishlab ketgani xabar qilingan. Shundan so‘ng qo‘nish amalga oshirilgan.
Nosozlik sabablari o‘rganilmoqda.