Jahon | 22:36 / 10.01.2016
4114
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni: Eronning aralashuvi mintaqaviy barqarorlikni tahdidga qo‘ymoqda

Eronning arab davlatlari ichki ishlariga aralashuvi mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka raxna solmoqda. Bu haqda 10 yanvar kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Arab davlatlari ligasi tashqi ishlar vazirlarining favqulodda yig‘ilishi chog‘ida qilgan chiqishida aytib o‘tdi.

“Eronning aralashuvi barcha xalqaro konvensiya va me'yorlarning oshkora buzilishidir, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi. – Saudiya Arabistoni bu hamlaga qarshi turadi va qat'iylik bilan Ligani Tehronga nisbatan aniq pozitsiyadan turib gapirishga chaqiradi”.