Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq armiyasi Ash-Shai tumanini jangarilardan ozod qildi
Iroq hukumati armiyasi mamlakat g‘arbida joylashgan Anbar viloyatida o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar evaziga Ash-Shai tumanini ozod qilgan va olib borilgan jang davomida 70 nafarga yaqin jangarini yo‘q qilgan. Bu haqda armiya vakiliga asoslangan holda Al Sumaria telekanali xabar bergan.
General-mayor Numan Abd az-Zubayning ma'lum qilishicha, iroqlik harbiylar IShID nazoratidan Xadit shimolidagi Ash-Shaini ozod qilishgan.
"Hududni egallash uchun olib borilgan janglarda 70 nafarga yaqin jangari hamda IShIDning texnik vositalari yo‘q qilindi", deydi az-Zubay.
U qo‘shni tumanlarni ozod qilish uchun harakatlar boshlangani haqida aytgan.