Jahon | 21:16 / 11.01.2016
5182
1 daqiqa o‘qiladi

Jangarilar Bag‘doddagi savdo markazini garovga oldi

Noma'lum shaxslar guruhi Bag‘dod shahrining al-Jadid tumanidagi savdo markazlaridan biriga bostirib kirdi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, noma'lum shaxslar bino eshigi oldida avtomobil portlatib, bostirib kirishgan va otishma boshlashgan.

Iroq huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga ko‘ra, portlash tufayli 10 kishi halok bo‘lgan va 20 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Shuningdek, bostirib kiruvchilar odamlarni garovga olgan.

Ayni vaqtda garovda necha kishi borligi haqida ma'lumotlar yo‘q.

Ma'lum qilinishicha, bu savdo markazi shaharning shialar yashaydigan qismida joylashgan. Savdo markazi binosini maxsus xizmatlar xodimlari o‘rab ola boshlashgan.