O‘zbekiston | 22:05 / 11.01.2016
11057
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya O‘zbekistonda gaz balloni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mamlakat hududidagi erkin iqtisodiy hududlardan birida gaz balloni uskunalari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Sputnik nashrining xabar berishicha, mazkur loyihani moliyalashtirish to‘laligicha Janubiy Koreya tomonidan amalga oshiriladi.

Ikki mamlakat o‘rtasida ushbu loyihani hayotga tatbiq etish yuzasidan memorandum imzolangan. Ayni paytda yangi zavodning joylashadigan o‘rni va texnik-iqtisodiy asoslar muhokama qilinmoqda.

Loyihaning barcha jihatlarini ishlab chiqish 2016 yilning o‘rtalarida yakunlanadi.

Yangi zavodda propan va butan gazlarida ishlovchi avtomobillar uchun mo‘ljallangan gaz ballonlari ishlab chiqariladi. Kelgusida zavod mahsulotlari MDH mamlakatlariga, birinchi navbatda Rossiyaga eksport qilinadi.

2017 yilning oxiriga qadar O‘zbekistondagi 74 ming avtomobilga gaz balloni uskunalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Avvaloq, «O‘zavtosanoat» tomonidan GM Uzbekistan buyurtma bo‘yicha gaz ballonlarini ishlab chiqarishi xabar berilgan edi.

Uskunalarni ishlab chiqarish bilan Janubiy Koreyaning Young Shin Tech kompaniyasi shug‘ullanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish