Jahon | 12:49 / 11.01.2016
8348
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Berlin devorining qulashi bo‘linish chizig‘ini sharqqa olib o‘tdi

Yevropaning bo‘linishi Berlin devorining qulashi bilan barham topmadi. Endilikda yangi qarama-qarshilik yuzaga keldi, deb ta'kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida.

“Birinchi qadamlarimizni barchamiz noto‘g‘ri tashladik va Yevropaning bo‘linishini bartaraf eta olmadik, - ta'kidladi u. – 25 yil muqaddam Berlin devori quladi, ammo Yevropaning bo‘linishi bu bilan barham topmadi, ko‘rinmas devorlar sharqqa siljidi, xolos. Bu kelajakdagi kelishvomchiliklarga zamin yaratib berdi”.