Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:11 / 12.01.2016
2405
1 daqiqa o‘qiladi
Louis Vuitton bolalarga ko‘mak berish uchun zargarlik buyumlari tayyorladi
Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi UNICEF bilan hamkorlikda muhtoj bolalarga ko‘mak berishga mo‘ljallangan dasturni ishga tushirdi. Bu haqda Fashionmag xabar bermoqda.
Loyiha doirasida dizaynerlar maxsus zargarlik buyumlarini ishlab chiqishdi. Ularning sotilishidan tushadigan pulning bir qismi xayriya ishlariga yo‘naltiriladi. Bezaklarning narxi — 500 yevro, 13 yanvardan ular brendning butiklarida sotuvga chiqariladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish