Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati OAVga Istanbuldagi terakt haqida ma'lumot tarqatishni taqiqladi
Turkiya hukumati Istanbulda sodir bo‘lgan (hozircha 10 kishi vafot etgan 15 nafar kishi jarohat olshgan) portlash tafsilotlarini matbuotda yoritishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar tarqatdi.
Mazkur portlash haqidagi ma'lumotlarga qo‘yilgan taqiq matbuot televideniyedagi intervyular, tanqidiy chiqishlar, radio internet OAV uchun ham amal qilmoqda. Bu haqda turk matbuot rasmiy ravishda ogohlantirilgan.
Turkiyada bu kabi voqea birinchi marta sodir bo‘lishi emas. O‘tgan yilning oktabr oyida Anqarada sodir bo‘lgan portlashdan keyin ham matbuot uchun uni yoritish bo‘yicha taqiqlar joriy qilingandi.