Jahon | 10:22 / 13.01.2016
1912
2 daqiqa o‘qiladi

BMT suriyalik bolalar ta'limi uchun 250 million dollar yo‘naltiradi

Moliyaviy donorlar suriyalik bolalarning o‘qishi uchun 250 million dollar ajratishga rozi bo‘ldi, biroq dasturlarni moliyalashtirish uchun yana 500 million dollar zarur, deya xabar qildi Associated Press.

Britaniyaning sobiq bosh vaziri va BMTning xalqaro ta'lim muammolari bo‘yicha elchisi Gordon Braun so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Livan va Iordaniyadagi dasturlani zudlik bilan moliyalashtirish lozim.

Uning qayd etishicha, xalqaro hamjamiyatning maqsadi qochqinlarning har bir farzandi qaysi davlatda ekanidan qat'i nazar, maktabdagi o‘rniga ega bo‘lishini ta'minlashdan iborat.

Braun tashabbuslarni moliyalashtirish masalasini 2016 yilning 20-23 yanvar kunlari Davos (Shveytsariya)da bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi va 4 fevral kuni Londonda o‘tkaziladigan Suriya bo‘yicha konferensiyada ko‘tarib chiqmoqchi.

Dekabr oyida esa Germaniya qochqinlar bolalarini o‘qitish uchun 8,5 ming nafar o‘qituvchi yollanganini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish