Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama amerikaliklarning hayoti yanada yaxshilanganini aytdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obama 12 yanvar kuni kongress oldida an'anaviy yillik murojaati bilan chiqish qildi.
2015 yil yakunlari va 2016 yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida qilingan ma'ruzada Obama prezidentlik qilgan yilllarda AQShdagi hayot ancha xavfsiz kechgani va mamlakat iqtisodi barqaror bo‘lgani ta'kidlab o‘tilgan.
U "Mamlakatdagi ahvol haqida" nomli murojaatida "bugungi kunda kuchli iqtisodga ega, xavfsizligi ta'minlangan va avvalgidan yaxshiroq Amerikani ko‘rib turganini aytgan.
Obam erishilgan bir qator muvaffaqiyatlar sifatida o‘z prezidentligi davrida 14 milliondan ortiq ish o‘rni yaratilgani, 18 milliondan ortiq kishi tibbiy sug‘urta olganini keltirgan.
U o‘z prezidentligining oxirgi yilida amerikaliklar hayotini yanada yaxshilash uchun muhim qarorlar qabul qilishga tayyorligini aytgan.