Jahon | 14:51 / 13.01.2016
3606
1 daqiqa o‘qiladi

Obama musulmonlarga qaratilgan zo‘ravonlik va adovatni qoralab chiqdi

AQSh prezidenti Barak Obama ekstremistlar tomonidan amalga oshirilayotgan teraktlar sababli musulmonlarga yo‘naltirilgan zo‘ravonlik va adovatni qoralab chiqdi.

“Qachonki siyosatchilar musulmonlarni tahqirlar ekan, bu xorijda yoki bizning fuqarolarimizga nisbatan bo‘lsa ham, qachonki ularning masjidlarini haqoratlab, bolalarini masharalarkan, bu bizning xavfsizligimizga olib kelmaydi”, - dedi Obama prezident sifatida kongressga qilgan eng so‘nggi murojaatida.

“Bu butun dunyo ko‘z o‘ngida obro‘imizni tushiradi”, - deya qo‘shimcha qildi u. Obamaning ushbu so‘zlarini AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzodlar, xususan Donald Trampga ishora o‘rnida qabul qilish mumkin. Tramp bir necha marotaba musulmonlar to‘g‘risida so‘zlab, ularni AQShga kiritmaslikka chaqirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish