Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roberto Karlos: Neymar bilan uning «Real»ga o‘tishi bo‘yicha gaplashishim mumkin
Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi, Hindistonning «Deli Dinamos» klubi amaldagi o‘ynovchi-bosh murabbiyi Roberto Karlos Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Neymarning «Oltin to‘p»-2015 uchun kurashda 3-o‘rinni egallagani borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Neymarga «Real» safiga o‘tishni taklif qilishim mumkin. Uning uchun barchasi hali oldinda. Kelgusi yili u bundanda yuqoriroq natijani qayd etishiga ishonaman», — deya ta'kidladi Roberto Karlos.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Roberto Karlos «Real» murabbiylar shtabida Zinedin Zidanga yordam berishi mumkinligi borasida xabar tarqalgandi.
Roberto Karlos «Real» murabbiylar shtabida Zidanga yordamchilik qilishi mumkin