Jahon | 16:37 / 13.01.2016
5185
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Il-112 samolyoti 2017 yilda ilk parvozni amalga oshiradi

Il-112 yengil harbiy-transport samolyotining yangi parvozlari 2017 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda «Gazeta.ru» Rossiya savdo-sanoat vaziri o‘rinbosari Andrey Boginskiy bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

«Loyiha ishlab chiqilmoqda. Umid qilamanki, kelgusi yilda Il-112ning yangi parvozi amalga oshadi», — deydi Boginskiy.

Shuningdek, harbiy koinot kuchlari joriy yilda ikkita yangi transport Il-76MD-90A harbiy samolyotlarini qo‘lga kiritishdi. Bu Il-76 samolyotining vorisi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi 2013 yilda Il-112 yengil harbiy-transportini qaytadan ishlab chiqish bo‘yicha bir to‘xtamga kelgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish