Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan «Real»ning qishki transferlar vaqtidagi birinchi nishoni haqida ma'lum qildi
«Real» «Yuventus»ning fransiyalik yosh yarim himoyachisi Pol Pogba uchun kurashga qo‘shildi.
«Real» klubining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa rahbariyatidan yosh futbolchi Pol Pogbani jamoaga olib kelishni so‘ragan. Agar bu transfer amalga oshsa, Pogba Zidanning madridliklar jamoasi boshqaruviga kelib, amalga oshirgan ilk xaridi bo‘ladi. Bu haqda As nashri xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, turinliklar bu futbolchini 100 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishini bildirgan.
22 yoshli futbolchiga shuningdek «Barselona», PSJ va bir qator ingliz klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, Pogbaning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo‘ljallangan. Uning hozirgi maoshi miqdori yiliga 4,5 mln yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda Pogba 26ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
