Jahon | 00:07 / 14.01.2016
5259
1 daqiqa o‘qiladi

Eronga qarshi sanksiyalar 15 yanvarda olib tashlanishi mumkin

Eron hukumati juma, 15 yanvar kuni MAGATE tomonidan mamlakatga taqdim etiladigan yadro dasturini to‘liq bajarish majburiyatlarining taqdim etilishini kutmoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aragchiyning ma'lumotlariga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatda, 16 yoki 17 yanvar kunlari Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif va tashqi siyosat bo‘yicha yevrokomissar Fediriki Mogerini Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlashni muhokama etishadi.

Ma'lum bo‘lishicha, agar Erondan sanksiyalar olib tashlansa, u xorijdagi qiymati 50 mlrd AQSh dollari miqdoridagi aktivlariga ega bo‘ladi. shuningdek, Eron kuniga 500 ming barrel neft eksport qilish imkoniyatini ham qo‘lga kiritadi.