Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon shaxmat toji uchun uchrashuv 2016 yilning noyabrida AQShda o‘tkaziladi
Jahon shaxmat toji uchun uchrashuv 2016 yilning 9-30 noyabr kunlari AQShda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda musobaqani tashkil qilishga mas'ul «Agon» kompaniyasi xabar tarqatdi.
Oldinroq, Rossiya shaxmat federatsiyasi rahbari Andrey Filatov 2016 yilda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan mazkur bahs bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgani haqida ma'lum qilgandi.
«Mazkur bellashuvni o‘tkazishga mas'ul bo‘lgan «Agon» kompaniyasi shuni ma'lum qiladiki, RShF prezidenti bergan ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uchrashuv 9-30 noyabr kunlari AQShda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar bo‘lib o‘tadigan shahar borasida so‘nggi muzokaralar olib borilmoqda. Shu oydayoq «Agon» FIDe (Xalqaro shaxmat federatsiyasi) bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tadigan shahar nomini e'lon qiladi», - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen sanaladi.