Jahon | 11:09 / 14.01.2016
2726
1 daqiqa o‘qiladi

Jakartadagi portlashlardan biri BMT binosi oldida amalga oshirilgan

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida sodir etilgan davomli teraktlardan biri BMT binosi oldida ro‘y bergan. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatgan.

Guvohlarning aytishicha, portlovchi qurilma BMT binosi va Starbucks kafesi oralig‘idagi hududda harakatga keltirilgan.

ABC telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bu portlash tufayli BMT xodimi jarohatlangan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra shaharning 6 ta nuqtasida amalga oshirilgan portlashlar tufayli kamida 5 kishi qurbon bo‘lgan.

Hujumlarda jami 14 nafar jangari ishtirok etgan.

Portlashlardan keyin otishmalar kelib chiqqan. Guvohlar politsiyachilarning o‘q yeb, yiqilganlarini ko‘rishgan.

Indoneziya poytaxtida oltita portlash sodir etildi

Jakartadagi teraktlar amalga oshirilishida 14 nafar jangari ishtirok etgan

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish