Jahon | 09:24 / 14.01.2016
3466
1 daqiqa o‘qiladi

Obama va Putin Suriyada hukumat hamda muxolifat muzokaralarini tezlatish zarurligini ta'kidlashdi

AQSh prezidenti Barak Obama hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon suhbati davomida Suriyada BMT shafeligi ostida hukumat va muxolifat o‘rtasidagi muzokaralarni tezlatish zarurligini muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uyga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.

“Yetakchilar BMT Xavfsizlik Kengashining Suriya bo‘yicha 2254- rezolyutsiyasini zudlik bilan amalga joriy etish zarurligini muhokama qilishdi”, - deyiladi xabarda.

Ma'muriyatning qo‘shimcha qilishicha, ikki mamlakat yetakchilari Suriya muxolifati va hukumati o‘rtasida BMT shafeligi ostida, ayniqsa zo‘ravonlik darajasini pasaytirish va Suriya xalqining gumanitar ehtiyojlarini hal etish bo‘yicha natijali muzokaralarni tezlashtirish yuzasidan qadamlarni tashlash kerakligini qayd etib o‘tishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish