Jahon | 00:14 / 14.01.2016
4472
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Kareliya gubernatori yo‘laklarni qor uyumidan tozaladi

Rossiyaning Kareliya respublikasi gubernatori Aleksandr Xudilaynen o‘z qo‘l ostidagi xodimlari bilan birga chorshanba, 13 yanvar kuni mahalliy tug‘uruqxona yo‘laklarini qor uyumlaridan tozaladi. Bu haqda FlashNord agentligi muxbiri xabar bermoqda.

A.Xudilaynen kun boshida mahalliy amaldorlarga qo‘liga belkurak olib qor uyumlarini tozalashga chaqirdi. Tushdan so‘ng esa uning o‘zi uniforma kiyib ishga kirishib ketdi.

Gubernatorning ta'kidlashicha, bu hech qanday “piar aksiya” emas. Shu bois uning matbuot xizmati ushbu tadbirni boshlanishidan avvalroq ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish