Jahon | 13:57 / 14.01.2016
3053
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yadroli reaktorda ishlaydigan birinchi dengiz platformasi yaratiladi

2020 yilga qadar Xitoyda yadroviy reaktorda ishlaydigan birinchi tajribaviy dengiz platformasini yaratish rejalashtirilmoqda. Sinxua agentligining ma'lum qilishicha, loyiha ustida China General Nuclear Power Group kompaniyasi ish olib boradi.

Qurilish 2017 yilda boshlanib, uch yil davom etadi. Korporatsiya vakillarining so‘zlariga qaraganda, XXR rivojlanish va islohotlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi loyihani energetik sohadagi ilmiy-texnik innovatsiyalarning 13-besh yillik rejasiga (2016-2020) kiritgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish