Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:18 / 14.01.2016
6386
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiyada kuchli zilzila oqibatida sunami tahdidi e'lon qilindi
Yaponiya shimolida magnitudasi 6.7 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakat milliy metereologik boshqarmasining ma'lumotlariga qaraganda, uning episentri eng shimoliy prefektura bo‘lmish Xokkaydoda joylashgan bo‘lib, silkinishlar chuqurligi 50 km ni tashkil qilgan.
Yaralanganlar va qurbonlar haqida ma'lumot yo‘q. Tsunami tahdidi e'lon qilindi. Mutaxassislarning aytishicha, sunami suv oqimini biroz o‘zgartiradi, ammo qirg‘oq chizig‘iga zarar keltirmasligi kerak.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish