Jahon | 11:53 / 15.01.2016
3154
2 daqiqa o‘qiladi

Jakartadagi teraktga aloqadorligi gumon qilingan yana 3 kishi qo‘lga olindi

Indoneziya politsiyasi 14 yanvar kuni mamlakat poytaxti Jakarta shahrida amalga oshirilgan teraktga aloqadorligi gumon qilingan 3 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Politsiyachilarning ma'lum qilishicha, 15 yanvar kuni tongida Jakarta shahri yaqinidagi Depok hududida yangi hibsga olishlar jarayoni bo‘lib o‘tgan. Mahalliy politsiya boshlig‘i Dviyononing xabariga ko‘ra, huquq tartibot organlari xodimlarini 3 kishini so‘roq uchun olib ketgan.

Mahalliy telekanallardan birida politsiyachilar 3 nafar shaxsning qo‘llariga kishan taqqan holda olib ketayotgani tasvirlangan lavha namoyish etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kunining birinchi qismida Jakartada IShID vakillari 7ta portlash sodir etishdi. Portlashlardan biri Sarinah nomli savdo markazi oldida, yana biri BMT binosi va Starbucks kafesi oralig‘ida sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Portlashlar ro‘y bergan tumanda hashamatli mehmonxonalar, ofis binolari hamda bir qancha davlatlarning elchixonalari joylashgan.

Terakt qurbonlari soni 17 kishini tashkil etgan.

Shu kuni Jakarta politsiyasi terakt ijrochilari sifatida 4 kishini qo‘lga olgandi.

Indoneziya politsiyasi: Jangarilar Jakartada Parij voqealarini takrorlashga urinishdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish