Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp musulmonlar haqidagi fikrini o‘zgartirmadi
AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod, milliarder Donald Tramp mamlakatga musulmonlarning kirib kelishini cheklash lozimligi borasidagi nuqtai nazarini o‘zgartirmadi.
Bu haqda siyosatchi Nort-Charlston shahrida (Janubiy Karolina shtati) respublikachi nomzodlar o‘rtasida uyushtirilgan bahslar chog‘ida aytib o‘tdi.
“Siyosiy bag‘rikenglikni tugatish kerak”, - deb ta'kidladi u.“Men mamlakatda xavfsizlik hukm surishini istayman, - so‘zida davom etdi Tramp. – Bizda radikal islom bilan bog‘liq jiddiy muammo bor”.“Mamlakatda 11 sentabr voqealarining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”, - xulosa qildi u.