Jahon | 11:38 / 17.01.2016
14170
1 daqiqa o‘qiladi

IShID jangarilari Suriya sharqida 300ga yaqin kishini o‘ldirdi

IShID jangarilari Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida navbatdagi qatllarni amalga oshirdi.

Britaniyaning Suriyadagi Inson huquqlari bo‘yicha tadqiqot markazi ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar tinch aholi vakillari bo‘lgan 85 kishini hamda 50 nafar harbiyni qatl qilgan.

SANA axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Al-Bgaliya qishlog‘ida 300 nafarga yaqin kishi jangarilar qurboniga aylangan.

Xabar qilinishicha, IShID 16 yanvar kuni ertalab Dayr az-Zordagi al-Bagiliya qishlog‘ida xunrezlikka qo‘l urgan. Avvaliga qishloqda portlash sodir etilgan, keyin jangarilar hujumga o‘tishgan.

Hukumat qo‘shinlari keyinchalik jangarilarga qarsha havo va artilleriya zarbalari yo‘llagan.

IShID jangarilari bir necha oydan beri Dayr az-Zorni qamal qilmoqda. Suriyalik harbiylar nazoratida viloyatdagi bir necha tuman hamda aeroport qolgan.