Jahon | 16:36 / 17.01.2016
3552
2 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada 400 kishi jinoiy to‘dalar o‘rtasidagi mojaro sababli uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi

Kolumbiyaning Antokiya departamentida qurolli to‘dalar o‘rtasidagi kelishmovchilik sababli 400 kishi o‘z uylarini tashlab, El-Bagre munitsipialiga yashirinishga majbur bo‘ldi. Bu haqda 16 yanvar kuni mahalliy politsiya ma'lum qildi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 432 kishi qochqinga aylandi. Hozirda ular El-Bagre munitsipialiga yashirinishgan. Ularning ayrimlari do‘stlari va qarindoshlarining uylariga joylashgan bo‘lsa, boshqalari mahalliy hukumat qochqinlar uchun tashkil etgan punktdan boshpana topishdi”, - dedi mahalliy politsiya mayori Frantsisko Xaver Narvaes.

Hozircha Kolumbiya harbiy mahkamasi tomonidan aynan qaysi jinoiy to‘dalar jangovar to‘qnashuvga kirishgani to‘g‘risida rasmiy ma'lumot bergani yo‘q. Mahalliy politsiya boshlig‘ining tasdiqlashicha, Kolumbiya harbiylari jangarilarning joylashgan o‘rnini aniqlash hamda ularning qaysi bir jinoiy to‘daga a'zo ekanini aniqlashga kirishishgan.

Antokiya departamenti gubernatori Luis Peres Guterres esa kriminal to‘dalar giyohvand moddalar yetkazib berish kanallariga ega chiqish uchun o‘zaro qurolli mojaroga kirishganini aytib o‘tdi. “Bizda ko‘p miqdordagi noqonuniy guruhlar mavjud bo‘lib, ular narkotrafika va reket bilan shug‘ullanib, jiddiy xavf tug‘dirmoqda”, - dedi u.

Kolumbiya hukumati esa qochqinlarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish, ularni ichimlik suvi va birinchi yordam vositalari bilan ta'minlashga kirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish