Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi tergov izolyatoridan Monte-Kristo uslubida qochgan tojik ushlandi
Rossiya Jazolarni ijro etish federal xizmatining Moskva bo‘yicha boshqarmasi xodimlari 17 yanvarda Moskva viloyatining boshqa huquq-tartibot muassasalaridagi hamkasblari bilan birgalikda 13 yanvarda Moskvadagi 5-sonli “Vodnik” tergov izolyatoridan qochib ketgan tojikistonlik Odinayev Maruf Musoyevichni Moskva viloyati hududida qo‘lga tushirdilar. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati ma'lum qildi.
Odinayev Aleksandr Dyumaning “If qal'asi mahbusi” asari qahramoni graf Monte-Kristo qabilida qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Mahbus o‘sha kuni ozod etilishi kerak bo‘lgan, tashqi ko‘rinishi unga o‘xshash va u bilan bir kamerada o‘tirgan yurtdoshi o‘rniga qamoqdan chiqib ketgan. Firib 7 soat o‘tgandan keyin ma'lum bo‘lgan.