Jahon | 13:54 / 17.01.2016
5130
1 daqiqa o‘qiladi

Nemis razvedkasi Finlyandiya telefon tarmoqlarini tinglagani oshkor bo‘ldi

Germaniya razvedka xizmati 2000 - yillarda Finlyandiyaning xalqaro aloqa tarmoqlarini tinglagan, deya xabar bermoqda Yle.

Germaniya razvedka xizmatining maxfiy hujjatlariga ko‘ra, eng kamida oltita xalqaro aloqa liniyasi tinglangan Xelsinki — Parij, Bryussel — Xelsinki, Xelsinki — Shanxay, Budapesht — Xelsinki, Xelsinki — Lyuksemburg va Xelsinki — Reyms.

Qayd etilishicha, mazkur hujjatlar Avstriya parlamentariysiga taqdim etilgan. Ularda 31ta Yevropa mamlakatining 256ta xalqaro aloqa tarmoqlari to‘g‘risida so‘z boradi.

2005 yilga oid hujjatlarga ko‘ra, Eikonal deb nomlangan operatsiya Germaniya va Amerika razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.