Light | 11:58 / 17.01.2016
11428
2 daqiqa o‘qiladi

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining "Jannat kaliti" nomli kitobi nashrdan chiqdi

Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, "Shayx Zayniddin" jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Jannat kaliti” nomli navbatdagi kitobi nashrdan chiqdi, deb xabar berdi Muxlis.uz portali. Mazkur kitob mo‘min uchun eng zarur va go‘zal fazilat sanalmish sabr haqida.

Bu fazilat to‘g‘risida Rasullulloh sallollohu alayhi vasallam o‘z muborak hadislarida “Sabr - jannatning kalitidir”, deb marhamat qilganlar. Hazrat Navoiy: "Iymonning yarmi sabr, yarmi shukr", deya ta'lif etgan sabr fazilati ayniqsa, bugungi shiddatli davrda insonlarni chalg‘ituvchi turli vositalar ko‘paygan bir paytda, g‘oyat muhim masalaga aylandi. Besabrlik orqali sodir bo‘layotgan turli ko‘ngilsizliklar, jinoyatlar, janjallar, oilaviy nizolarni barchamiz ko‘rib, kuzatib turibmiz.

Muallif kitobda ana shunday muhim mavzuni qalamga olgan. Asarda ulamolarning sabr haqidagi qimmatli fikrlari, sabrning fazilati, turlari, uning hukmlari, sabrsizlik oqibati va shu kabi muhim masalalar haqida so‘z yuritilgan.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Jannat kaliti” nomli mazkur asari kitob javoningizni boyitibgina qolmay, oilangiz uchun ham sevimli va doimiy mutolaa qilinadigan asarlar qatoridan joy olishiga umid qilib qolamiz.

Mazkur kitobni Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi "Kitoblar dunyosi" do‘konidan topasiz. Mo‘ljal Ko‘kaldosh madrasasi. Murojaat uchun telefon: (90) 174-45-90

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish