Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Erondan sanksiyalarni bekor qildi
Shveytsariya 17 yanvar kuni Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni olib tashladi. Bu haqda mamlakat Federal kengashi xabar qildi.
“2015 yilning 21 oktabrida e'lon qilinganidek, Shveytsariya Eronga qarshi sanksiyalarni BMT va YeI bilan bir qatorda olib tashlaydi. Federal kengash Eron Islom Respublikasiga munosabatni qayta ko‘rib chiqdi. Yangi qonunchilik 17 yanvar kuni 12.00da kuchga kirdi”, - deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq esa Avstraliya BMT Xavfsizlik kengashi MAGATE hisobotini qo‘lga olishi bilan o‘zi joriy etgan sanksiyalarni olib tashlashini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni MAGATE rahbari Yukiya Amano Eronning atom bo‘yicha kelishuvni implementatsiya qilish (amalga oshirish) uchun barcha talablarni bajarganini tasdiqladi.
Sanktsiyalar bekor qilinganidan so‘ng Eron xorijdagi muzlatib qo‘yilgan hisob raqamlaridan qaytadan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Amerika moliya vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, Eronning qariyb 50 milliard dollar mablag‘i muzlatilgan.
Shuningdek, Eron neft eksporti hajmini kuniga 500 ming barrelga qadar oshiradi.