Jahon | 21:47 / 18.01.2016
2904
3 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Eronni sanksiyalardan qutilgani bilan tabrikladi

Eron o‘z yadro dasturining muzlatilishini nazarda tutuvchi bitimning barcha shartlarini bajargani haqidagi ma'ruzani taqdim etgach, xalqaro sanksiyalar qutilishi eronliklarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga yetishishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asadning Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga yo‘llagan maktubida aytilgan.

Bashar Asad o‘z tabrigida bu sanksiyalar "adolatsiz" bo‘lganini ta'kidlagan va Eron xalqiga omad hamda farovonlik tilagan.

U shuningdek, Eronning Suriyani terrorizmga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan. U Suriya xalqi o‘z huquqlarini himoya qilishgan haqli ekanini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni BMT, AQSh va Yevropa Ittifoqi Eronga nisbatan amalda bo‘lib kelgan siyosiy hamda iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi.

Sanktsiyalarning bekor qilinishi Eronga zudlik bilan neft eksportini oshirish imkonini beradi — bu so‘nggi oylarda keragidan ortiq takliflar to‘plangan bozorga qo‘shimcha bosim o‘tkazishi mumkin. Neftning jahon bozoridagi narxi 2015 yil oxiri — 2016 yil boshida keskin pasayib ketdi.

Sanktsiyalarning bekor qilinishi, shuningdek, Eron o‘z hisoblarida muzlatib qo‘yilgan 50 milliard dollarga yaqin mablag‘ni qo‘lga kiritishini anglatadi. Bundan tashqari, Eron avvalroq taqiqlangan uskuna va texnologiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Obama Erondan sanksiyalar bekor qilinishi bo‘yicha farmonni imzoladi

Eron sanksiyalar bekor qilingandan keyin neft qazib olish hajmini oshirmoqchi

AQSh Eron bilan bog‘liq shaxslar va kompaniyalarning 400ga yaqinini sanktsion ro‘yxatdan chiqardi

Eronga qarshi sanksiyalarning olib tashlanishi Fors ko‘rfazi davlatlari fond birjalarida qulashlarga sabab bo‘ldi

AQSh moliya vazirligi Amerika kompaniyalari filiallariga Eronda ishlashga ijozat berdi

Eron muzlatib qo‘yilgan 50 mlrd dollarlik aktivlariga ega bo‘la oladi

Shveytsariya Erondan sanksiyalarni bekor qildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish