Jahon | 17:40 / 18.01.2016
2864
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa sudi qochqinlarga nisbatan kvotalar joriy qilinishini noqonuniy deb belgilandi

Yevropa sudi raisi qochqinlarga nisbatan kvotalar tizimining joriy qilinishi Yevropa Ittifoqi hududida amal qiladigan qonunlarga zid kelishini ta'kidlab o‘tdi. Uning so‘zlarini Deutsche Welle nashri keltirmoqda.

“YeI hududida ishlovchi qonunlarga muvofiq, qochqinlikka da'vo qilayotgan har bir fuqaroga mazkur maqomni berish talab qilinadi.

Mazkur holat qanaqadir aniq son yoki chegaraning o‘rnatilishiga zid keladi”, - dedi Yevropa sudining Lyuksemburgdagi raisi Kun Lenarts Neue Osnabrücker Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.Shuningdek, u Yevropa davlatlari birgalikda migratsion inqirozdan chiqib keta olishlariga ishonch bildirdi.