Jamiyat | 20:28 / 18.01.2016
3292
1 daqiqa o‘qiladi

Kemeron: ingliz tilini bilmaydigan musulmon ayollar Britaniyadan chiqarib yuborilishi mumkin

Birlashgan Qirollikda istiqomat qilib kelayotgan musulmon ayollar, agarda ular ikki yarim yil ichida ingliz tilini o‘rganmasa, deportatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda BBC radiosi efirida mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, hukumat aholining radikallashuviga qarshi mana shunday choralar ko‘rishga majbur, negaki qabul qilayotgan mamlakat tilida gaplasha oladigan muhojirlar, uning fikricha, mahalliy madaniyatni qabul qilishi osonlashadi.

Shu bilan birga, Kemeron musulmon erkaklar ayollarining ingliz tilini o‘rganishiga monelik qilishini “jinsiy diskriminatsiya” deb baholadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish