Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: AQSh Eron raketa dasturi bo‘yicha sanksiyalarni kuchaytirishda davom etadi
Endi Eronda (atom) bomba yaratishga material yo‘q, ammo atom bo‘yicha shartnomani amalga oshirish Tehron va Vashington o‘rtasidagi barcha qarama-qarshilikni hal etishga ijozat bermaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama ma'lum qildi.
“O‘n yillab davomida Eron bilan qarama-qarshiligimiz hukumatlarning bir-biri bilan suhbatlashmasligiga olib keldi. Yakunda bu Amerika manfaatlarini ilgari surish imkonini yo‘qqa chiqardi”, - dedi Obama.
AQSh prezidentining fikricha, bu yillar davomida Eron yadro qurolini yaratishga juda yaqin kelib qoldi. Shu sababli AQSh milliy xavfsizligini himoya qilish maqsadida prezident Eron hukumati bilan muzokaralar olib borishga qaror qildi. “Biz natijani ko‘rdik”, - dedi Oq uy xo‘jayini.