Jahon | 09:49 / 18.01.2016
4192
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy: Eron AQSh bilan iqtisodiy munosabatlarni to‘liq hajmda tiklamaydi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh bilan iqtisodiy munosabatlarni to‘liq hajmda tiklamasligini aytdi, chunki sanksiyalar kiritilgunga qadar ikki davlat o‘rtasida hech qanday munosabatlar bo‘lmagan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ruhoniy bu haqda matbuot-anjumanida ma'lum qildi.“Biz bilan AQSh o‘rtasida hech qanday iqtisodiy munosabatlar bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, agarda samolyotlar masalasi yoki bir necha mahsulot turlari, jumladan xondon pista va gilamlar eksporti bo‘yicha zarur shartlar vujudga kelmasa.

Agar AQSh Eron iqtisodiyoti va texnologiyasiga investitsiya kiritmoqchi bo‘lsa, ular muayyan to‘siqliklarga duch keladilar”, deb aytdi Ruhoniy.

Ruhoniy, shuningdek, Eron AQSh hududidan turib o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan AQSh kompaniyalariga ba'zi imtiyozlarni ta'minlashga tayyorligini qo‘shimcha qildi.